Savdo · Ombor · Qarzlar · Hisobot

Do‘koningizni telefondan, kompyuterdan va ovoz bilan boshqaring

ombor ai savdo, ombor qoldig‘i va qarzlarni yuritadi. Telegram’da «bugun qancha sotdik?» deb so‘rang — u darhol aytib beradi.

AndroidWindowsBrauzerTelegram

Uch yo‘l bilan boshqaring

Ma’lumot bitta — qayerdan kirsangiz ham bir xil raqamlarni ko‘rasiz.

Qarzlar
Akmal aka1 250 000
Usta Bobur640 000
Sardor310 000
Jami2 200 000

Telefondan

Do‘konda bo‘lmasangiz ham: savdo, qoldiq, qarz — hammasi qo‘lingizda. Android ilova.

Kassa
Shtrix-kod: 4607…
Moy filtri W712 · 2
Havo filtri C30 · 1
Antifriz 5 l · 1
Jami
327 000
To‘lov

Kompyuterdan

Kassa, shtrix-kod skaneri, chek printeri. Internet uzilsa ham sotishda davom etadi.

«Akmal akaning qarzi qancha?»
Akmal aka: 1 250 000 so‘m.
Oxirgi to‘lov — 12-oktabr.

Telegram’da ovoz bilan

«Kecha qancha foyda qildik?», «Akmal akaning qarzi qancha?» — yozing yoki gapiring.

Ovozli yordamchi

Savol bering — javob tayyor

Yozing yoki gapiring: savdo, qoldiq, qarz — bot bazadan o‘qib, raqam bilan javob beradi.

Har kech soat 20:00 da kun yakuni — ovozda va yozma holda. Do‘konga bormasdan bilasiz.

ombor ai bot
bot
Bugun qancha sotdik?
47 ta chek, 8 450 000 so‘m savdo.
Sof foyda: 1 920 000 so‘m.
«Qaysi tovar tugayapti?»
3 ta tovar tugayapti:
• Moy filtri W712 — 2 dona
• Podshipnik 6204 — 3 dona
• Tormoz kolodkasi — 4 dona
Kim qarzini kechiktiryapti?
Muddati o‘tgan qarzlar:
Akmal aka — 1 250 000 so‘m (9 kun)
Usta Bobur — 640 000 so‘m (4 kun)
20:00
0:38
Kun yakuni: savdo 8 450 000 so‘m, foyda 1 920 000 so‘m, xarajat 180 000 so‘m. 3 ta tovar tugayapti.

Do‘kon uchun kerak bo‘lgan hammasi

  • Kassa va chek
  • Shtrix-kod
  • Ombor qoldig‘i
  • Excel’dan kirim
  • Mijoz va ta’minotchi qarzlari, akt-sverka
  • Hisobotlar: foyda, xarajat, eng ko‘p sotilgan
  • Filiallar va xodimlar, har biriga o‘z roli
  • Telegram guruhga har bir sotuv haqida xabar

Qanday boshlanadi

  1. Bog‘lanasiz

    Telegram’da yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — do‘koningiz haqida so‘raymiz.

  2. Bazangizni o‘tkazib beramiz

    Eski Excel yoki EasySale ma’lumotlari — tovarlar, qoldiq, qarzlar.

  3. Ertasi kuni sotishni boshlaysiz

    Kassa tayyor, sotuvchilar o‘z roli bilan kiradi.

Kimlar uchun

  • Avto zapchast
  • Podshipnik
  • Qurilish mollari
  • Ulgurji savdo

Savol-javob

ombor ai nima?

ombor ai — do‘konlar uchun savdo, kassa, ombor qoldig‘i va qarzlar dasturi. Telefonda, kompyuterda va Telegram bot orqali ishlaydi: ovoz bilan «bugun qancha sotdik?» deb so‘rasangiz, darhol javob beradi. O‘zbek tilida, O‘zbekistondagi do‘konlar uchun.

Internet bo‘lmasa ishlaydimi?

Kompyuterdagi kassa ishlayveradi, internet qaytganda ma’lumotni o‘zi yuboradi.

Ma’lumotim xavfsizmi?

Har kuni zaxira nusxa olinadi, har do‘konning bazasi alohida.

Telefonim oddiy bo‘lsa-chi?

Android ilova va brauzer yetarli.

Qancha turadi?

Do‘koningiz hajmiga qarab. Bog‘laning — aytib beramiz.

Qanday ishlashini o‘zingizga ko‘rsatamiz

Qo‘ng‘iroq qiling yoki pochtaga yozing — savollaringizga javob beramiz va qanday ishlashini ko‘rsatamiz.